Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Unda 2018 yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma’lumotlar bor.

Mobil internet tezligi jihatidan O‘zbekiston uchta pozitsiyaga tushib ketdi va bugungi kunda 125 pog‘onadan 111-o‘rinni egallab turibdi (tezlik – 9,97 Mbit/s).

Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat uch pozitsiyaga ko‘tarildi va endi 121 o‘rindan 108-pog‘onani band etgan (tezlik – 10,11 Mbit/s).

Shu tariqa, servis 2018 yil oxirida mamlakatda internet tezligi keskin o‘sganini umuman sezmagan.

Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinda qoldi (72,77 Mbit/s), Singapur – sim orqali ulanuvchi internetda (190,94 Mbit/s).

Speedtest tezlikni hisoblab chiqaradi va o‘zining ulanish tezligini tekshirish uchun servisni ishlatadigan foydalanuvchilardan olingan ma’lumotlarga asosan reytingni shakllantiradi.

 

Manba : Kun.uz

Author

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan