“Manchester Yunayted” “Barselona” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichga qiziqish bildirmoqda. Keyingi paytda futbolchining mavsum so‘nggida “Barselona”ni tark etishi to‘g‘risida mish-mishlar avj olmoqda. Bunga esa yozda erkin agentga aylanadigan fransuz Adriyen Raboning kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi sabab bo‘lmoqda. Shu sababdan Yevropaning bir qator grand klublari pleymeykerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Oldinroq unga Italiyaning “Inter” […]

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastladi

  Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma’lumotlar bor. Servis reytingga o‘nlab yangi davlatlarni qo‘shdi, shuning uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning pozitsiyalari pasayib ketdi. Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni […]

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yanada pastladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Unda 2018 yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma’lumotlar bor. Mobil internet tezligi jihatidan O‘zbekiston uchta pozitsiyaga tushib ketdi va bugungi kunda 125 pog‘onadan 111-o‘rinni egallab turibdi (tezlik – 9,97 Mbit/s). Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat […]

Dunyodagi eng yaxshi smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Business Insider britan nashri dunyodagi eng yaxshi smartfonlar reytingini tuzdi. Unga AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalarining 20 ta modeli kiritilgan. 1-o‘rinni kutilmaganda Xitoyning OnePlus 6T smartfoni egallagan. Smartfon Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Foto: Antonio Villas-Boas/Business Insider 2-o‘rinni Apple iPhone XR egallagan, mutaxassislar uning katta ekrani va yuqori ko‘rsatkichlarini qayd qilib o‘tishgan. Foto: Marcio Jose Sanchez/AP […]

O‘zbekistonda yangi mobil ilova ishlab chiqildi. U «mardikorlar bozori»ni tartibga soladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi turli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy qilishga qaratilgan loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati 13 fevral kuni “Job Cafe” mobil ilovasining […]

O‘qituvchilarni obunaga majburlagan maktab direktori vazifasidan ozod etildi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini obunaga majburlanayotganlik holati o‘rganildi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati. Mazkur jarayonda maktab direktori Shavkatjon Rizayev har bir pedagog xodimga joriy yilning yanvar oyi ish haqini naqd pul ko‘rinishida olishlarini ma’lum qilib, ularni obunaga majburlagani aniqlandi. Bu harakatlari bilan u o‘z […]

Ayol iPhone’ning quvvatlagichi ishlamay qolgani yuzasidan Apple’ni sudga berdi

Kaliforniyada yashovchi Monika Emerson iPhone 7 smartfoni quvvatlagichining nosozligi yuzasidan Apple ustidan sudga jamoaviy shikoyat arizasi topshirdi. Ayol kompaniyani shunday yo‘l bilan yangi aksessuarlarni sotib olishga majburlashda ayblamoqda. Ayol iPhone 7’ni 2016 yil noyabrda sotib olgan. 2017 yil oktyabrda quvvatlagich ishlamay qolgan. U smartfonga ulanganda, qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi aytilgan. Emersonning ta’kidlashicha, Apple shu tariqa yangi […]

Wi-Fi yordamida elektronikani zaryadlash usuli aniqlandi

AQSh va Ispaniya olimlari Wi-Fi signali yordamida mikroskopik elektronikani zaryadlash usulini aniqlashdi, deyiladi dgl.ru’da. Massachusets texnologiya instituti va Madrid universiteti olimlari Wi-Fi signali orqali energiya yetkazish tizimini ishlab chiqishdi. Elektr energiya yetkazish tamoyili elektromagnit to‘lqinlarning elektr energiyasiga aylanishiga asoslangan. Hozircha smartfonlarni bu usuldan foydalanib zaryadlash imkoni yo‘q, biroq mikrospopik texnika «havo»dan energiya olishi mumkin. Mutaxassislar […]

Kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha eng yaxshi davlatlar reytingi tuzildi. O‘zbekiston oxirgi beshtalikda

Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzdi. Reytingga 60 ta davlat kiritilgan bo‘lib, unga Yaponiya yetakchilik qilmoqda. Oxirgi o‘rinni esa Jazoir egallagan. Ro‘yxatga O‘zbekiston ham kiritilgan bo‘lib, u 56-o‘rinni egallagan. Davlatlarning reytingdagi o‘rniga 7 ta mezon, jumladan zararli dasturiy ta’minot bilan zararlangan mobil qurilmalar va kompyuterlar ulushi, pullarni o‘g‘irlash maqsadida amalga oshirilgan […]